Protez qo‘lli yapon skripkachi Ginnes rekordini o‘rnatdi

Yaponiyalik Manami Itoning hayot yo‘li va musiqiy mahorati ko‘pchilikka ilhom bag‘ishlaydi. U chap qo‘lidan ayrilgan bo‘lishiga qaramay, maxsus protez yordamida skripka chalishni o‘rgangan.
Ito 2004 yilda avtomobil halokati oqibatida chap qo‘lini yo‘qotgan. Shunga qaramay, u musiqadan voz kechmadi va maxsus moslama yordamida skripkada ijro etish mahoratini rivojlantirdi.

Uning protezi skripkani ushlab turishga yordam beradi, Ito esa o‘ng qo‘li bilan kamonni boshqaradi. Uning sahnadagi chiqishlari tomoshabinlarni hayratga solib, insonning irodasi va mehnati bilan ko‘plab to‘siqlarni yengish mumkinligini namoyon etadi.






























Izohlar 0
…