Rayhon Ulasenova: «Hatto mashinamga chip ham o‘rnatilgan»

«Kimga qo‘ng‘iroq qilasiz?» loyihasining ilk mehmoni bo‘lgan aktrisa Rayhon Ulasenova qiziqarli savollarga javob berish asnosida shaxsiy hayotiga oid kutilmagan ma’lumotni oshkor qildi.
Suhbat davomida aktrisa loyihaning ko‘plab savollariga javob sifatida turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilishini ma’lum qildi. Suhbat yakunida esa nega eriga tez-tez murojaat qilishining sababini tushuntirdi.
Rayhon Ulasenovaning aytishicha, er-xotin to‘ydan keyin yillar o‘tishi bilan bir-biriga shu qadar yaqin bo‘lib ketar ekanki, har qanday vaziyatda turmush o‘rtog‘iga suyanadi. Pul kerak bo‘lsa ham, mashinasi buzilib qolsa ham, maslahat zarur bo‘lsa ham, hatto o‘zini yolg‘iz his qilganda ham unga qo‘ng‘iroq qiladi.
Aktrisa hatto tez-tez adashib qolishi sababli mashinasiga maxsus chip o‘rnatilganini ham aytdi.
«Hatto mashinamga chip ham o‘rnatilgan. Chunki meni tez-tez yo‘qolib qoladigan odatim bor. Chetroq, internet yo‘q joylarga borib qolsam, darrov erimga telefon qilib, “Men hozir qayerdaman?” deb so‘rayman. Ular esa telefondan qarab, “Sen o‘sha yerdasan, uyoqqa yur, buyoqqa yur”, deb yo‘l ko‘rsatadilar.
Mashinam buzilib qolsa ham telefon qilaman. Shundoq keladilar, men esa ularning mashinasini minib ketaman», — dedi Rayhon Ulasenova.
Aktrisaning bu gaplari ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otdi.






























Izohlar 0
…