O‘zbekistonda startaplarga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

O‘zbekistonda 2027–2030 yillarda “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida startaplarni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
Dastur doirasida ochiq tanlov asosida 30 tagacha startapga mablag‘ ajratiladi. Har bir loyiha uchun 5 mlrd so‘mgacha investitsiya beriladi. Mablag‘ 3 yil muddatga foizsiz va garovsiz ajratiladi.
Barcha loyihalar uchun ajratiladigan mablag‘ning umumiy hajmi 150 mlrd so‘mgacha yetishi mumkin.
Investitsiya startapdagi ulushga aylantirilishi ham mumkin. Bunda davlatning loyihadagi ulushi 49 foizdan oshmaydi.
Moliyalashtirishning asosiy yo‘nalishlari qatoriga robototexnika va sun’iy intellekt, farmatsevtika, energetika, agrotexnologiya, aerokosmos, kimyo, elektrotexnika va qurilish texnologiyalari kiritilgan.
Shuningdek, startapga kamida 3 yil davomida investitsiyasini saqlab kelgan xususiy investorlarga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish ko‘zda tutilmoqda.

























Izohlar 0
…