Hokim yordamchilari uchun o‘quv markazi tashkil etiladi

Hokim yordamchilari uchun o‘quv markazi tashkil etiladi

Hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘qitish uchun ikki oy ichida maxsus o‘quv markazi tashkil etiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Markazda hokim yordamchilari hududlardagi imkoniyat va ehtiyojlardan kelib chiqib, aniq loyihalar bilan ishlashga o‘rgatiladi. O‘quv jarayoniga xorijdan mutaxassislarni jalb qilish ham rejalashtirilgan.

Viloyat shtablari yil yakuniga qadar har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirish uchun yuborishi belgilangan.

Shuningdek, eng namunaviy faoliyat ko‘rsatgan hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi beriladi. Ularga lavozim maoshiga 50 foizgacha ustama to‘lanishi ko‘zda tutilmoqda.

Mahallalarda faoliyat yurituvchi bank xodimlarini ham shu tartibda o‘qitish va ular uchun xorijiy stajirovkalar tashkil etish topshirildi.

Bosh prokuraturaga esa bank xodimlari va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish vazifasi yuklatildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar