“Sevishganlar”dagi yosh beva ayol Priti Jangiani: mashhur aktrisa nega Bollivudni tark etdi?

“Sevishganlar” melodramasida yosh beva ayol obrazini mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar e’tiborini qozongan Priti Jangiani aslida kino olamida uzoq qolmagan. Ko‘pchilik bilmasligi mumkin, ammo aktrisa faoliyati davomida sakkizta filmda suratga tushgan va turli tillardagi loyihalarda ishtirok etgan.
Priti Jangiani 1980 yil 18 avgustda Mumbayda tug‘ilgan. Oilaning kenja qizi bo‘lgan Priti katta opasi Dipa bilan birga 10 yoshigacha malika bo‘lishni orzu qilgan. Hatto ota-onasi unga chiroyli toj ham sovg‘a qilgan.
Oradan bir necha yil o‘tib, reklama agentlari yosh qizga e’tibor qaratadi. Suratga olishlar, reklama va videokliplardagi ishtiroklar esa Pritini shou-biznes olamiga olib kiradi. 1999 yilda Priti bir vaqtning o‘zida uchta filmda debyut qiladi. U telugu, malayalam va tamil tillaridagi loyihalarda rol ijro etib, qisqa vaqt ichida turli kinoijodkorlar e’tiboriga tushadi.
Qizig‘i shundaki, “Sevishganlar” Priti Jangianining Bollivuddagi ilk filmi bo‘lgan bo‘lsa-da, u bu paytga kelib kino uchun mutlaqo yangi aktrisa emasdi. Priti hatto Pokiston kinosida ham ishtirok etadi. Biroq uning rollari ko‘pincha ikkinchi planda qolib ketadi. Aktrisa o‘zini boshqa yulduzlardan ajratib ko‘rsatish qiyinlashayotganini anglagach, Bollivudni tark etishga qaror qiladi.































Izohlar 0
…