7 617
“Ummon” Namanganda bir stadion odamni sarson qildi. Konsert bo‘lib o‘tmaganiga kim aybdor? (Video)
Joriy yilning 9-10 iyun kunlari Namangan shahrida “Ummon” guruhining konserti o‘tkazilishi kerak edi. Biroq konsert noma’lum sabablarga ko‘ra, tashkil etilmagan. “Qalampir.uz” sayti yozishicha, chipta sotib olgan tomshabinlardan biri saytga murojaat qilgan va 5-6 ming odam sarson bo‘lganini aytib, ushbu holatga oydinlik kiritishni iltimos qilgan.
Biz qator savollarga javob topish uchun “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Konsert-tomosha faoliyatini tashkil qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Davron Sheraliev bilan bog‘landik. U mazkur voqeadan xabardorligi va tashkilotchining aybi bilan konsert bekor qilinganini ta’kidlab, shunday dedi:
“Konsert tadbirkor tomonidan tashkil etilgan. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasidan konsert o‘tkazish uchun ruxsatnoma ham olingan. Har bir tashkilotchi Ichki ishlar boshqarmasi bilan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida shartnoma tuzadi. Bu konsert tashkilotchisi ana shu shartnoma bandlarini to‘liq bajarmagani tufayli konsert o‘tkazishga IIB ruxsat bermagan. Biz hozir shu ish bilan shug‘ullanyapmiz. Tez kunlarda konsert uchun yangi kun tayinlanadi va oldin chipta sotib olganlar borishi mumkin bo‘ladi. Agarda shou uchun ruxsat berilmasa, chiptalar haqi tomoshabinlarga qaytariladi. Avval ham shunga o‘xshash holatlar bo‘lgan. Turli sabablarga ko‘ra, konsert bekor qilinganida, albatta, tomoshabinlarga pullari qaytarilgan edi”.
Shuningdek, o‘z o‘rnida “Ummon” guruhi Instagram’dagi sahifasiga tomoshabinlardan uzr so‘rab, murojaat videosini joylashtirdi.
Biz guruh ma’muri bilan gaplashganimizda, u ikki kun ovora bo‘lgan tomoshabinlar uchun “gonorar”siz ham konsert berishga tayyor bo‘lishganini, biroq IIB tomonidan ruxsat berilmaganini ta’kidladi. Konsert boshqa kunga o‘tkazilsa, “Ummon” bajonidil tomosha o‘tkazishga shay ekanini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, biz tashkilotchi bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganimizda Davron Sheraliev ham, “Ummon” guruhi ma’muri ham uni hozirda hech qayerdan topa olmayotganini, g‘oyib bo‘lganini qayd etishdi.
Videoda aytilganidek, bu holatda “Ummon” guruhi “aybdor emas”. O‘z o‘rnida “O‘zbekkonsert”ni ham ayblab bo‘lmaydi. Unda bizga murojaat qilgan o‘quvchi ta’kidlaganidek, “majburiy-ixtiyoriy tarzda sotilgan chiptalarni xarid qilgan” tomoshabin aybdormi? Nega avval ham shunga o‘xshash holatlar yuz bergan ekan, bu safar uning oldi olinmadi?
Konsert o‘tkazish uchun talab qilinadigan barcha shartnomalar tuzilib, ruxsatnomalar olinganidan so‘ng bu haqda e’lon qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Har qalay eng avval chiptalarni sotib, keyin tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Biz konsert taqdiri nima bo‘lgani bilan yana qiziqamiz va albatta, sizga xabar beramiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi