«VIA Marokand» xonandasi Nobiya turkiyalik yigitga turmushga chiqdi (video)

«VIA Marokand» xonandasi Nobiya turkiyalik yigitga turmushga chiqdi (video)

7 oktyabr kuni o‘zbek shou-biznesida yana bir yulduzli to‘y bo‘lib o‘tdi. «VIA Marokand» guruhi xonandasi Nobiya Sodiqova turkiyalik yigit bilan oila qurdi.

Hashamatli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan to‘y marosimida kelin-kuyovning yaqinlari, do‘stlari hamda shou-biznes vakillari jam bo‘ldi. Xonandaning hayotidagi ushbu quvonchli voqea muxlislari tomonidan ham iliq kutib olindi.

Nobiya Sodiqova to‘y marosimidan lavhalarni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirdi. Videolarda kelin-kuyovning romantik musiqa sadolari ostida raqsga tushgani, shuningdek, to‘y tortini birgalikda kesgani aks etgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xonandani yangi hayot bosqichi bilan tabriklab, unga baxt-saodat va oilaviy totuvlik tilamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar