MrBeast shousida 3 nafar omadli ishtirokchi 100 mln so‘mdan pul yutib oldi (video)

MrBeast shousida 3 nafar omadli ishtirokchi 100 mln so‘mdan pul yutib oldi (video)

Dunyoga mashhur bloger MrBeast bugun, 9 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazayotgan shoucida ishtirokchilarga yirik pul mukofotlarini ulashmoqda. Poytaxtda tashkil etilgan o‘yinlar davomida uch nafar omadli o‘zbekistonlik 100 million so‘mdan pul yutib oldi. Mukofotlarni blogerning o‘zi topshirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Angelina N., Asadbek Z. va Jamshidxon Z.shou doirasida 100 million so‘mdan mukofotga ega bo‘lgan. Shu tariqa, MrBeast birgina shou davomida ishtirokchilarga jami 300 million so‘m tarqatgan.

Tadbirda pul mukofotlari topshirilgan lahzalar hamda ishtirokchilarning quvonchi aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Videolardan birida ishtirokchilardan biri pul solingan qutidan bir-ikki dasta pulni olib, boshqa qatnashchilar tomon uloqtirganini ham ko‘rish mumkin.

MrBeastning Toshkentdagi shousi mahalliy tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar