MrBeast'ning Toshkentdagi uchrashuv manzili ma’lum bo‘ldi

Dunyoga mashhur amerikalik YouTube blogeri MrBeast nomi bilan tanilgan Jimmi Donaldson 9 oktyabr kuni Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi. Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda. Bu haqda rasmiy ma’lumotlar e’lon qilingan.
Uchrashuv doirasida bloger bilan muloqot, turli o‘yinlar va viktorinalar tashkil etilishi, g‘oliblarga esa sovg‘alar topshirilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda 18 yoshdan oshgan 200 kishi ishtirok etadi. Ular ro‘yxatdan o‘tgan arizalar orasidan tasodifiy tanlab olinadi. Ishtirok etish bepul bo‘lib, tanlangan qatnashchilarga tadbir tafsilotlari va shaxsiy QR-kod yuboriladi.
MrBeast o‘zining katta budjetli videolari, noodatiy chellenjlari va yirik pul mukofotlari bilan tanilgan. Uning Toshkentga tashrifi Markaziy Osiyoga ilk safari hisoblanadi.
Xabarlarga ko‘ra, tadbir Amir Temur ko‘chasi, 6-uyda joylashgan Tashkent CCA zamonaviy san’at markazida bo‘lib o‘tadi.






























Izohlar 0
…