Feruza Normatova o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha munosabat bildirdi (video)

1 daqiqa o'qish3
Feruza Normatova o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha munosabat bildirdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aktrisa va bloger Feruza Normatova o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqidagi xabarlarga videomurojaat orqali munosabat bildirdi.
  • Uning ta’kidlashicha, mazkur voqea olti oy avval sodir bo‘lgan bo‘lib, shikoyat qilgan shaxs undan pul talab qilishni ko‘zlagan.
  • Feruza Normatova o‘zini aybsiz deb hisoblab, yozishmalar va SMS-xabarlar qayta tekshirilishi hamda tegishli ekspertizalar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Aktrisa va bloger Feruza Normatova o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. U ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan videomurojaatida voqea tafsilotlariga to‘xtalib, o‘z nuqtayi nazarini bayon qildi.

Blogerning aytishicha, ushbu voqea aslida olti oy avval sodir bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, shikoyat qilgan qiz dastlab turmush o‘rtog‘iga yozgan, shuningdek, Feruza Normatovaning o‘ziga nisbatan ham turli haqoratli gaplar bildirgan. Keyin esa yozishmalarni o‘chirib, hech narsadan xabari yo‘qdek tutinishini aytgan.

Feruza Normatova mazkur vaziyatda undan pul talab qilish maqsadi borligini da’vo qildi. U videomurojaatida: «Mendan pul olmoqchi. Olasan, rosa olasan. Qonun bir tomonga ishlaydimi, biz tomonga ishlamaydimi?» — deya munosabat bildirdi.

Feruza Normatova yana bir videomurojaatida, voqea yuzasidan qo‘shimcha izoh berdi. Blogerning aytishicha, u olti oydan beri bu ish bilan shug‘ullanmagan va ishi ham bo‘lmagan.

«Bu yerda bizning aybimiz — meni olti oydan beri umuman ishim yo‘q edi. Nimalar bo‘lib ketganini ham bilmayman. Meni jinoyatchi deydimi? Sassiq degan gapga kim jinoyatchi bo‘lgan shu paytgacha. Hozir vaziyatga bir tomonlama qarab, fikr bildirishyapti. Men borganman, shunchaki tushuntirganman. U turmush o‘rtog‘imga yozgani, meni “kampir”, boyligi uchun yuribdi kabi gaplar bilan haqorat qilganini tushuntirib ketganman. Hatto tushuntirish xati ham yozmaganman. Endi mening aybim shunda bo‘lgan» — dedi u.

Shuningdek, bloger yozishmalar, SMS-xabarlar va izohlarni qayta ko‘rib chiqishini, zarur ekspertizalar o‘tkazilishini bildirgan. U barcha ma’lumotlarni o‘rganib chiqqach, yana videomurojaat bilan chiqib, kuzatuvchilarga vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishini aytdi.

Blogerning bu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?