9 596
Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov... “Sharq taronalari”ning final qo‘shig‘ini kuylash kimga nasib etadi?
Biroz avval xabar berganimizdek, bugun, 28 avgust kuni Samarqand shahrida XI “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Hukumat a’zolari, elchixona va konsullik vakillari ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbekistonda tashkil etiladigan katta bayram konsert dasturlari final qo‘shig‘i doim e’tibor markazida bo‘lib kelgan. O‘tgan 10 yil ichida milliy bayramlar munosabati bilan tashkil etilgan konsertlarni O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova navbatma-navbat yakunlashiga o‘rganib qolgan edik. Bu borada ortiqcha taxminlarga ham o‘rin qolmagandi...
XI “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida O‘zbekiston xalq artistlari: Ortiq Otajonov, Farrux Zokirov, Sherali Jo‘rayev, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonovalar ishtirok etishmoqda.
Ishonchli manbalarimiz yetkazgan ma’lumotlarga qaraganda, butun dunyo nigohi qaratilgan mazkur festivalning final qo‘shig‘ini kuylash bu yil O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga nasib etgan. Ustoz san’atkor ko‘p yillik tarixga ega “O‘zbekiston Vatanim” nomli qo‘shig‘ini ijro etadi.
Festivalning ochilish marosimida dunyoning 10 ta mamlakatidan kelgan xonanda va sozandalar, raqs guruhlari chiqish qilishi rejalashtirilgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”