date

Jasur Umirov o‘z klipida Anvar Sanaevni dog‘da qoldirib ketdi

Jasur Umirov o‘z klipida Anvar Sanaevni dog‘da qoldirib ketdi

Xonanda Jasur Umirovning “Kabutarim” nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdan uning sexdoshi Anvar Sanaevning muxlislariga yoqmaydigan sahna o‘rin oldi: Sanaev klip suratga olayotgan chog‘da to‘satdan Umirovni ko‘rib qolgan klipmeyker uning ortidan yugurib ketib qoladi, Anvar Sanaev esa hayron bo‘lib qolaveradi.

Bu sahna muxlislar orasida turlicha gap-so‘zlar tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shu bois jurnalistlar Jasur Umirovning ma’muri Bahodir Mamatmurodovdan sharh so‘rashdi.

“Hozir ko‘plab san’atkorlar bir-birining klipida suratga tushyapti, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” gazetasi. – Demak, san’atkorlar bir-birining ijodiga befarq emas va ijod namunasi yaxshi chiqishi uchun o‘z yordamini ayamaydi. Biz Narimon Sultonxo‘jaev bilan birgalikda Anvar Sanaevga murojaat qilganimizda, u kishi taklifimizni qabul qildi va klipda suratga tushishga rozi bo‘ldi. Buning uchun u insondan minnatdormiz!”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jasur Umirov o‘z klipida Anvar Sanaevni dog‘da qoldirib ketdi