5 774
Jey-Zi rafiqasi Beyonsega hiyonat qilganini ochiq tan oldi, Beyonse esa hamon uning yonida...
Mashhur reper Jey-Zi rafiqasi va farzandlarining onasi bo’lmish xonanda Beyonsega hiyonat qilganini ochiq tan olgan edi. Ammo hiyonat azobiga duch kelgan Beyonsening nima uchun hamon turmush o’rtog’ining yonida ekanligi ko’pchilik muxlislarni hayratlantiroqda.
Juftlikning oilasi jarlik yoqasiga kelib qolgan, ajralish uchun birgina qadam yetarli edi. Ammo ular o’z oilasini saqlab qolishga qaror qilishdi va bu borada Beyonsening sabriga tan bermay ilojimiz yo’q. Reper o’zining qanday ulkan xato qilgani va ayoliga azob berganini tan olib, bir necha bor gapirgan bo’lsa-da, bunday harakatdan so’ng barcha ayollar ham o’z juftini kechira olmasligini oyday ravshan edi.
Kuni kecha Jey-Zi qanday qilib o’z munosabatlarini saqlab qolgani haqida so’zlab berdi:
“U mening qadrdonim, sevgan yagona insonim. Agar siz hech qachon sevmagan bo’lsang, sevgining nima ekanligini tushunmasangiz, endi qanday harakat qilishni ham bilmaysiz, munosabatlaringizda muammolar paydo bo’laveradi. Vaqt o’tishi bilan, albatta. Yoki muammoga tik qarash uchun o’girilishingiz yoki uni inkor qilishingiz mumkin. Biz muhabbatimiz va oilamiz uchun, farzandlarimizning ko’z o’ngida boshqa namunalar bo’lmasligi uchun, ushbu mustahkam davrani qora niyatli erkaklar va ayollar uchun buzmaslikka qaror qildik”.
Shuningdek, Jey-Zi o’z xatosidan to’g’ri hulosa chiqargan holda uning kabi vaziyatga tushib qolgan erkaklarga “Kechirim so’rashning eng yaxshi usuli o’z hatti-harakatlaringizni o’zgartirishdir” deya tavsiya berdi.
“Yoningizdagi insonga qanchalar azob berganingizni tushunish va uni eshita bilish ham kerak. Bu o’ziga yarasha vaqt talab qiladi. Bu juda qiyin: bu azobni eshitish va ko’rish, yonida qolish juda og’ir, ammo kuchli bo’lish kerak. Qandaydir ma’noda bu yaxshi tajriba hamdir” deydi u.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar