
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muasassasa matbuot xizmati xabari asosida Darakchi ma’lum qildi.
Kengashda beshta xonandaning qo‘shiqlariga tasvirga olgan videokliplari ko‘rib chiqildi. Ulardan Elmurod Sobirjonovning «Sevdim», Behruz Toxirovning «Keling dema», Sardor Bekmurodovning «Bolaga kitob bering» deb nomlangan qo‘shiqlarga tasvirga olingan videokliplarni OAV orqali efirga uzatishga tavsiya berildi.
Farhod Saidovning «Jimir-jimir» hamda Sitora Farmonovaning «Chamanda gul» deb nomlangan qo‘shiqlarining matni saviyasi past bo‘lganligi bois, kengash a’zolari tomonidan qattiq tanqid ostiga olinib, rad etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar