23:30 / 20.11.2018
4 298

Rossiyaning "Mulla" filmi "PROlogue" kinofestivalida ishtirok etadi

Rossiyaning "Mulla" filmi "PROlogue" kinofestivalida ishtirok etadi
Toshkent shahrida o‘tkaziladigan "PROlogue" xalqaro kinofestivali dasturida Rossiya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan "Mulla" badiiy filmi ham ishtirok etadi. Bu haqda Turon24ga kinofestival direksiyasi ma’lum qildi.

Film festivalning to‘liq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi yo‘nalishida ishtirok etmoqda.

Tataristonlik rejissyorlar – Ramil Fazliyev va Amir Galiaskarov tomonidan suratga olingan "Mulla" filmi tatar dramaturgi Tufan Minnullinning shu nomli asari asosida suratga olingan.

Filmda o‘z qishloq ahli bilan umumiy til topishishga harakat qilgan yosh mulla taqdiri hikoya qilinadi. Kartinada aktyor Marat Basharov ham rol ijro etgan.

Festival dasturidan Violetta Moshkova tomonidan suratga olingan "Yo‘riqnoma" qisqa metrajli filmi ham o‘rin olgan.

To‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirga 17 ta davlat vakillari tomonidan sakkizta to‘liq metrajli va 14 ta qisqa metrajli film taqdim etilgan. O‘zbek mualliflarining yana to‘qqizta qisqa metrajli filmi esa alohida kategoriyada namoyish qilinadi.

Hozir "PROlogue" IV xalqaro kinofestivali saralash komissiya tomonidan taqdim qilingan 280 ta film orasidan 31 tasi tanlab olingan. Mazkur filmlar AQSh, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Polsha, Shvetsiya, Falastin, Eron, Armaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Bosniya va Gersegovina, Peru, Fransiya kabi mamlakatlar kino ijodkorlari tomonidan ishlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyaning "Mulla" filmi "PROlogue" kinofestivalida ishtirok etadi