Toshkentda «Madam Tyusso» muzeyi ochildi. Unda Hojiboy Tojiboyevning ham mum haykali bo‘ladi (video)

Toshkentda «Madam Tyusso» muzeyi ochildi. Unda Hojiboy Tojiboyevning ham mum haykali bo‘ladi (video)
Foto: «Xalq so‘zi Online»
Tashkent City hududida Londondagi «Madam Tyusso» muzeyining kichik namunasi ish boshladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Bu yerda AQSh prezidenti Donald Tramp, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, fizik olim Albert Eynshteyn, Microsoft asoschisi Bill Geyts, Facebook asoschisi Mark Sukerberg hamda bir qator Gollivud aktyorlari haykallari bor.
Toshkentda «Madam Tyusso» muzeyi ochildi. Unda Hojiboy Tojiboyevning ham mum haykali bo‘ladi (video)
Foto: «Xalq so‘zi Online»
Tez orada Bollivud va turk aktyorlarining mum haykallari ham olib kelinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, muzeyga so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning mum haykali ham keltiriladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar