4 278
«O‘zbekkonsert» Filipp Kirkorovning raqqosalari kiyimlariga nega munosabat bildirmagan edi?
«O‘zbekkonsert»da yoshlar bilan ijodiy uchrashuv hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida «O‘zbekkonsert» rahbari Odiljon Abduqahhorov intervyu berdi.
Odiljon Abduqahhorov suhbat davomida Filipp Kirkorovning Toshkentda bo‘lib o‘tgan konsertidagi raqqosalarning kiyimlari ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar ostida qolgani, ammo bu holatga «O‘zbekkonsert» izoh bermagani sababini quyidagicha izohladi.
- Ushbu holat bo‘yicha ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi emas, balki Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi. Yana bir qiziqarli tomoni shundaki, agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, Filipp Kirkorovning konsertida sahnadagi raqqosalarning kiyimlariga jamoatchilik tomonidan juda katta e’tirozlar bildirildi.
Aynan shu e’tirozlardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan munosabat bildirilganida, o‘sha bildirilgan munosabatga ‘nimaga endi buni nazorat qilish kerak?’, mazmunida e’tirozlar bo‘ldi.
Jamoatchilikning ayrim qismi bu narsani qoralasa, boshqa qismi bu holatni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shundan kelib chiqqan holda, biz barchasining o‘rta me’yorini olib, ikki tomonga ham yoqadigan konsertlar tashkil qilishga harakat qilmoqdamiz, - deydi Odiljon Abduqahhorov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi