20:55 / 14.02.2020
7 027

Zohirshoh Jo‘rayev nima uchun 6 yillik «zapret»da yurganiga oydinlik kiritdi (video)

Zohirshoh Jo‘rayev nima uchun 6 yillik «zapret»da yurganiga oydinlik kiritdi (video)
Foto: «Daryo»
Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Zohirshoh Jo‘rayev olti yil davomida «zapret»da yurishiga sabab bo‘lgan voqealar va o‘sha vaqtda nimalar qilgani haqida gapirib berdi.

- Balki mening ham o‘zimga yarasha xatolarim bo‘lgandir. Sahnaga endi qadam qo‘yayotgan yosh qo‘shiqchini sindirib qo‘yish oson. Aynan kimning ko‘ziga yomon ko‘ringanimni bilmadim. Qaysi voqea sabab bunday bo‘lganini ham bilmayman.

Menga ‘kerak emas odamlar bilan salom-alik qilib qo‘ygansan’ shunga, deyishgan. Mayli deganman, xo‘p deganman, isyon ko‘tarib, to‘polon qiladigan odam emasman. Buni to‘g‘ri qabul qilib, Allohning sinovi deb, Allohga tavakkal qilib, o‘sha og‘ir kunlardan o‘tib oldim. Bu muddat olti yil, ya’ni 2011 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan
, - deydi Zohirshoh Jo‘rayev.

Zohirshoh Jo‘rayev «zapret»ga uchragan vaqtida Andijonga ketgani haqida ham gapirib berdi.
- Sizni hamma tashlab ketgan vaqt bo‘lganmi?, bo‘lmasin, sizni hamma tashlab ketmasin. Faqat oldingizda ota-onangiz qolsa, juda og‘ir bo‘ladi. Chunki o‘sha vaqtda ota-onangizga ham og‘ir bo‘ladi. Agar ular ham sizga hech qanday yordam bera olmasa, juda ham og‘ir bo‘ladi.
O‘sha mas’uliyat ularga tushmasin, ularga og‘ir botmasin deya Andijonga ketganman. To‘rt yil Andijonda xalq xizmatida yurganman
, - deydi Zohirshoh Jo‘rayev.

Zohirshoh Jo‘rayev suhbat davomida akasi Shohjahon Jo‘rayev bilan munosabati, otasi, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning unga nisbatan eng qattiq «jazo»si va tanbehi haqida gapirib berdi.

Ma’lumot uchun, xonanda Zohirshoh Jo‘rayev «Xalqlar do‘stligi» saroyida 24 —25 fevral kunlari «Seni sog‘inib» deb nomlangan konsert dasturini taqdim qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Zohirshoh Jo‘rayev nima uchun 6 yillik «zapret»da yurganiga oydinlik kiritdi (video)