YouTube videoxostingida O‘zbekiston aholisi har oy 100 million martadan ortiq ko‘rishlarni amalga oshiradi. Bu haqda YouTube’ning Markaziy Osiyodagi rasmiy hamkori Genesis YouTube Central Asia rahbari Samson Bezmyatejniy ma’lum qildi.
Videoservis mamlakatdagi eng ommaviy saytlar orasida 10-o‘rinda turadi. Bu internet qimmatligi sabab odamlar saytga kirishga qo‘rqishi bilan izohlandi. Auditoriyani baholashda O‘zbekistonning Rossiya va boshqa davlatlardagi fuqarolari ham hisobga olingan.
«O‘zbekistonning o‘zida foydalanuvchilar soni u qadar ko‘p emas — 25 foiz, bu esa oyiga 25 million marta ko‘rish demakdir», — deydi Bezmyatejniy.
O‘rtacha statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonlik foydalanuvchi kuniga beshta rolik ko‘radi. Davomiyligi — kuniga 20 daqiqa. Foydalanuvchilarning asosiy qismini (70 foiz) erkaklar tashkil etadi. O‘zbekiston fuqarolari asosan mobil qurilmalardan (72 foiz) kiradi, ikkinchi o‘rinda — kompyuterlar turadi (24 foiz).
Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda ikkinchi o‘rinda Smart TV turadi (20 foiz — oyiga 2,5 million odam). Qozog‘istonliklar uchun YouTube standart televideniyening o‘rnini egallagan.
Umumiy auditoriyaning 38 foizini 25—34 yosh oralig‘idagi foydalanuvchilar tashkil etadi.
AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov 20 fevral kuni O‘zbekistonda 2020 yilda internet tezligi 10 barobar oshishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?