Foto: Instagram/@yulduzusmonovaibragimovna
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘ziga taqlid qilib, unga o‘xshab kiyinib, to‘ylarda uning nomidan qo‘shiq kuylayotgan erkaklarga videomurojaat yo‘lladi.
«Anavi gey (besoqolboz) bolalarga shu paytgacha indamay kelayotgandim, mayli, qo‘shiq aytib tirikchilik qilayotgandir, ota-onasini boqayotgandir, deb. Lekin jonimga tegdi, bunaqa qilmalaring. O‘zi asli koronavirus o‘shalar, davo yo‘q bularga. Yulduz Usmonova deb, o‘shalarni qishloqlarga ham olib borishyapti, nima qilasizlar o‘zinglarni aldab? Yulduz Usmonova uch tiyinga bormaydi-ku, Yulduz Usmonova sizlarning obro‘laring, sizlarning dardlaring. Uni olib borib, o‘zlaringni o‘zlaring masxaraboz bilan xursand qilyapsizlar.
Xezalaklar, ashula aytishni yig‘ishtiringlar! Xezalakmisan, xezalakligingni qil, nima qilasan ashula aytib, Yulduz Usmonovani yoqib olib? Mening achchig‘im chiqyapti, bu haqoratga kirmaydi, sizlar meni haqorat qilyapsizlar», — deydi Yulduz Usmonova.
«Bularni yo‘qotish kerak, kelinglar, o‘zimiz shu xezalaklarni yo‘qotaylik. O‘zimiz jamiyatda ularni qo‘llab-quvvatlab, qo‘liga pul berib, kulib o‘tiradigan bo‘lsak, bunaqalar ko‘payadi. Yigit yigitligicha qolsin, qiz qizligicha qolsin. Meni majbur qilmanglar, agar rostakamiga urush ochsam, yomon bo‘ladi, shuning uchun, yig‘ishtiringlar», — deya so‘zlarini davom ettiradi Yulduz Usmonova.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabrida Tojikistonda soxta Yulduz Usmonova konsert bergani haqida xabar berilgan edi. Soxta konsertni tashkil qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.
«Peshonamizga koronavirusdan o‘lish yozilgan bo‘lsa, taqdirdan qochib qutula olmaymiz». O‘zbek shou-biznesi vakillari odamlarni vahima qilmaslikka chaqirmoqda
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, besoqolbozlik, ya’ni erkakning erkak bilan zo‘rlik ishlatmasdan jinsiy ehtiyojini qondirishi 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?