9 191
«Sen mudom qalbimdasan». Fotima Rejametova marhum qizi Farangizga atab qo‘shiq kuyladi (video)
Foto: Instagram / @rejametovaf
Aktrisa Farangiz Rejametova hayot bo‘lganida 7 aprel kuni 27 yoshga kirgan bo‘lardi. Marhumaning onasi, aktrisa Fotima Rejametova ushbu sana munosabati bilan Farangizga atab rus tilida qo‘shiq kuyladi.
«7 aprel, qadrli qizim, bugun sening tug‘ilgan kuning. 27 yoshga kirding. Aynan shunday ajoyib bahor kunida sen tug‘ilib, meni cheksiz baxtli qilgansan. Bu baxtni sen sovg‘a qilgansan. Sening noodatiy latofatli bo‘lishingni bilardim. Jonim qizim, adashgan ekanman. Sen samimiy, ochiqko‘ngil, istarali, ta’sirchan va soda qiz bo‘lding. Sen — mukammallikning o‘zginasisan. Bunday sovg‘a uchun Yaratganga behisob shukur. Sen uzoqlardasan. Deraza oldida turib, senga ushbu qo‘shiqni kuylayapman. Bu mening senga sovg‘am. Bu men senga qila olishim mumkin bo‘lgan eng kichkina narsa. Farishtam mening, seni judayam yaxshi ko‘raman, meni o‘z onang sifatida tanlaganing uchun minnatdorman. Sen mudom qalbimdasan», — deb yozadi aktrisa.
Eslatib o‘tamiz, aktrisa Farangiz Rejametova 2018 yilning 20 iyulida 25 yoshida avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan edi. U Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmidagi ijrosi bilan tomoshabinlarga tanilgan. Farangiz «Sehrli qalpoqcha», «Uy bekasi» kabi o‘nlab kino va seriallarda ham rol ijro etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”