Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda
Xonanda Kaniza Instagram’dagi stories orqali folloverlariga videomurojaat yo‘llab, koronavirusga chalinganini bildirdi. U, shuningdek, kechasi ahvoli og‘irlashgani, shu sababli tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgani, biroq tez yordam kelmaganini ham aytib, sog‘liqni saqlash tizimini tanqid ostiga oldi.
Kanizaning aytishicha, u 8 iyuldan beri kasal. Koronavirusga test topshirgan, biroq test unda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Shunda ham xonanda o‘zini koronavirusga chalingan, deb hisoblamoqda.
«Yonimda administratorim bor, u ham kasallangan, uyda o‘zimiz vrachlarning ko‘rsatmalari bilan davolanishga harakat qilyapmiz. Kecha yarim tunda ahvolim yomonlashdi, tinmasdan tez yordamga qo‘ng‘iroq qildik — hech kim javob bermadi. Oxiri kechasi bezovta qilsam ham tanish vrachlarimni chaqirtirdim.
Men-ku ilojini qilaman. Avvalo Ollohning yordami, keyin tanish-bilishlarimni, imkoniyatimni ishga solaman. Lekin oddiy xalqning ichida hatto test topshirishga imkoniyati yo‘qlar bor, og‘ir holatda qayoqqa borishini, nima qilishini bilmasdan yurganlar bor. Men bu videoni o‘shalarga ozgina yordam bo‘lsin, hech bo‘lmasa tez yordam joniga oro kirsin degan maqsadda qo‘ydim», — deydi Kaniza. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin