Qozog‘iston «Borat»ni yenga olmadi. Endi mamlakat sayyohlarni jalb etish uchun uning iborasidan foydalanmoqda

1 daqiqa o'qish2.6K
Qozog‘iston «Borat»ni yenga olmadi. Endi mamlakat sayyohlarni jalb etish uchun uning iborasidan foydalanmoqda
Foto: «Krpress.ru»
Qozog‘iston va «Borat» filmi mualliflari o‘rtasidagi munosabatlar murakkab. Aktyor Sasha Baron Koen ushbu filmda mamlakatni juda qoloq, uning fuqarolarini juda omi qilib ko‘rsatgani tufayli undan uzoq vaqt xafa bo‘lib yurishgan. Ammo film chiqqanidan keyingi 14 yil ichida nimadir o‘zgarganga o‘xshaydi, deb yozadi Meduza.

Ikkinchi «Borat» filmi premyerasi arafasida Qozog‘iston ichida turizmni reklama qilishga mas’ul bo‘lgan Kazakh Tourism milliy kompaniyasi «Kazaxstan. Nraitsa!» (inglizchada «Kazakhstan. Very nice!» deb yangraydi) shiori bilan reklama chiqardi. Bu iborani Koenning qahramoni, qozog‘istonlik jurnalist Borat Sagdiyev filmda hadeb takrorlayveradi.

The New York Times gazetasi reklama mualliflari bilan bog‘landi. Ular Qozog‘iston televideniyesida sayohatlar haqidagi ko‘rsatuv boshlovchisi amerikalik Dennis Kin va uning hamkasbi, rejissyor Yermek Utemisov bo‘lib chiqdi. «Nraitsa!» iborasini reklama shioriga aylantirish taklifi bilan ular Kazakh Tourism’ga murojaat qilgan.

Utemisovning fikricha, 14 yil ichida Qozog‘istonda yangi avlod yetishib chiqqan, ular Koenni yaxshi ko‘radi, uning yumorini tushunadi va hech narsadan xafa bo‘lmaydi.

Koenning o‘zi esa uning filmlaridagi Qozog‘iston haqiqiy Qozog‘istonga hech qanday aloqasi bo‘lmagan «soxta» mamlakat ekanligini aytgan. Amerikaliklar bu mamlakat haqida deyarli hech narsa bilmaganligi uchungina u aynan Qozog‘istonni tanlagan. Koenning o‘zi Qozog‘istonni «ajoyib», uning aholisini esa mag‘rur va zamonaviy deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, aktyor va komediant Sasha Baron Koen «Diktator» va «Borat» filmlaridagi roli sabab Qozog‘iston va Tojikistonga kirishi taqiqlangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?