08:05 / 22.02.2021
2 689

Mashhur shaxslarning o‘rniga ko‘rinish bergan va fosh etilgan 6 qiyofadosh (foto)

Mashhur shaxslarning o‘rniga ko‘rinish bergan va fosh etilgan 6 qiyofadosh (foto)
Ko‘plab taniqli shaxslar shu qadar bandligidan o‘zlarining klonlari bo‘lishini orzu qiladi. Lekin allaqachon buning chorasini topganlar ham bor. Ular ba’zida konsert-dasturlarida o‘zining o‘xshashini ko‘rish mumkin. Ammo quyida muxlislar tomonidan bu kabi yolg‘onni fosh qilish holatlari ham uchrab turadi.

Timati

Foto: Cosmopolitan
2019 yil fevral oyida ijtimoiy tarmoqda haqiqiy janjal yuz bergan. Krasnodarda burger markazi ochilishi marosimida Timatining o‘rniga unga o‘xshash boshqa inson chiqish qilgan, deb gumon qilgan. Tadbirga kelgan odam Black Star yetakchisiga qaraganda kamroq tatuirovka qilgani va bo‘yi ham pastroq ekanligini payqab qolgan. Reperning obunachilari soxta xonandaning suratini Instagram’da Timati sahifasiga qayd etgan. Ammo yulduzning o‘zi vaziyatga hech qanday izoh bermagan.

Yegor Krid

Foto: Cosmopolitan
2016 yilda Yegor Kridning Ulyanovskdagi konsert-dasturidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar to‘lqini paydo bo‘lgan. Tomoshabinlarga xonandaning mashhur «Samaya samaya» taronasini shunchaki fonogramma qilib turgan o‘xshash egizagi kelgandek tuyulgan. Sahnada umuman boshqa odam bo‘lganligiga asosiy dalil − ijrochi yigitda Kriddan farqli o‘laroq o‘ng qo‘lining orqa qismida tatuirovka bo‘lmagan.

Dmitriy Nagiyev

Foto: Cosmopolitan
Dmitriy Nagiyev tadbirlarda tez-tez o‘zini ko‘rsatib turadigan o‘xshashi borligini uzoq vaqtdan beri biladi. Uning ismi Ivan Gant. U sobiq KVN ishtirokchisi. Endilikda u aktyorlik karerasini qurmoqda va taniqli teleboshlovchi bilan o‘xshashligini ta’kidlamoqda. Unga tez-tez dastxat olish va suratga tushish uchun murojaat qilishadi. Gantning Instagram sahifasiga 400 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan.

Adriano Chelentano

Foto: Cosmopolitan
2009 yilda Adriano Chelentanoning o‘xshashi Armaniston poytaxtining 2791 yilligi munosabati bilan Yerevandagi konsertda ishtirok etgan. Haqiqat darhol oshkor etilmagan. Tadbirdan so‘ng muxlislar afsonaviy italiyalik qo‘shiqchi armancha talaffuzda juda yaxshi kuylayotganidan shubha qilgan. Kimdir Chelentanoning aerofobiyaga duchor bo‘lgani va dunyo bo‘ylab kamdan kam sayohat qilishini aytgan. Jurnalistlar bu borada Adrianoning vakillariga murojaat qilgan. Ular ham xonandaning Armanistonda bo‘lmaganini tasdiqlagan. Shahar ma’muriyati esa Chelentano o‘rniga uning familiyasidan ijodiy taxallus sifatida foydalanish huquqiga ega bo‘lgan qiyofadoshi kelganligini ma’lum qilgan.

Sergey Jukov

Foto: Cosmopolitan
2018 yil Sergey Jukov konsert dasturlarida ko‘proq qiyofadoshi bilan almashtirilishi borasida yangiliklar paydo bo‘lgan. Mish-mishlar xonanda sog‘lig‘ida muammolarga duch kela boshlaganidan so‘ng ko‘paygan. Xonanda churra kasalligidan aziyat chekib, uni oldirish uchun bir necha bor operatsiya stoliga yotishiga to‘g‘ri kelgan. Reabilitatsiyadan keyin ham u juda ko‘p vazn yo‘qotgan. Shuning uchun ham uning ijtimoiy tarmoqlardagi surati o‘ziga o‘xshamas edi. Xonandaning o‘zi esa muxlislarning taxminiga hazil tariqasida javob qaytardi: «Siz avvalgi postdagi suratda kim tasvirlanganini muhokama qilayotgan vaqtingizda, men bu notanish odamning turmush o‘rtog‘im bilan tushgan suratini baham ko‘raman».

Valeriy Leontev

Foto: Cosmopolitan
2013 yilda Valeriy Leontev ham yolg‘onchilikda gumon qilingan. Xonandaning ijrosi bolalarning «Yangi to‘lqin» festivalidan bir kun oldin sirli tarzda yozib olinganidan muxlislar g‘azablangan. U fonogramma orqali ijro etilgan bo‘lib, tadbirning rasmiy dasturida ko‘rsatilmagan. Muxlislarning ta’kidlashicha, safar gavjum bo‘lganligi sababli musiqachi bo‘sh vaqt topa olmagan va uning o‘rnida efirda qiyofadoshi paydo bo‘lgan. Ammo xonandaning vakillari bu ma’lumotni rad etgan. Valeriyning o‘zi ham navbatdagi konsertida ushbu mavzu bo‘yicha hazil qilgan: «Menimcha, oqshom davomida haqiqiymi yoki qiyofadoshi, deb taxmin qilingan bo‘lsam kerak. Xo‘sh, nima deysizlar?», − deya murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mashhur shaxslarning o‘rniga ko‘rinish bergan va fosh etilgan 6 qiyofadosh (foto)