3 311
Davron Kabulov «Millionavirus» konsertida katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi
«Million» jamoasi sardori Davron Kabulov jamoaning oxirgi «Millionavirus» deb nomlangan konsert dasturidagi katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi.
- "Ko‘pchilik bilmaydigan bir ma’lumotni ochiq aytib o‘tmoqchiman. «Million» jamoasining yangi dasturida bizning katta va eng ishongan sahna ko‘rinishimiz badiiy kengash tomonidan olib tashlandi. Ular «hozirgi vaziyatda bu narsani sahnada qo‘ymaganimiz ma’qulroq», degan to‘xtamga kelishdi.
To‘g‘risi, shu chiqishimizdan rosa umid qilgandik. Bu sahna ko‘rinishini o‘zimiz ham, Mirkomil akam, Alisher ham mazza qilib ijro qilishayotgandi. Qariyb yarim soatlik chiqishimiz olib tashlandi. Bizni xursand qilgan holat, katta chiqishimiz olib tashlangan holda ham tomoshabinlar bizni juda yaxshi kutib oldi. «Bu konsertingiz zo‘r chiqibdi, boshqacha bo‘libdi», deyishganida jamoadagilar bir-biriga qarab, «agar ishongan nomerimiz qo‘yilganida nima bo‘lardi», deb qo‘ydik.
Muxlislarni sog‘ingan edik. Balki shu sababdan hech kim hech narsadan shikoyat qilmasdan, mazza qilib rollarini o‘ynadi", - dedi «Million» jamoasi sardori, shoumen Davron Kabulov.
Ma’lumot uchun, «Million» jamoasining «Millionavirus» deb nomlangan konsert dasturi «Xalqlar do‘stligi» saroyida 2021 yilning 20—28 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi