Shohruhxon konsertida kutilmagan va qiziqarli "Gender Party" (video)

Shohruhxon konsertida kutilmagan va qiziqarli "Gender Party" (video)
Qisqacha

Shohruhxon konsertida tomoshabinlardan biri farzandining o'g'il bo'lishini bilib oldi. Bu xabar sahnada Shukrullo Isroilov ishtirokidagi hazilomuz “gender party” davomida e'lon qilindi. Bo'lajak ota Zufarjonga o'g'il farzand kutilayotgani ko'k rangli qog'oz orqali ma'lum bo'ldi va unga iPhone 17 bilan bog'liq hazil shart qo'yildi. Tadbir yakunida Zufarjon turmush o'rtog'i va onasiga bittadan guldasta taqdim etdi.

Xonanda Shohruhxon konsertida tomoshabinlar uchun unutilmas va kutilmagan lahzalar yuz berdi. Tadbir davomida haqiqiy “gender party” tashkil etilib, zaldagi mehmonlardan biri o‘z farzandining jinsini aynan konsert jarayonida bilib oldi.

Konsert boshlovchisi Shukrullo Isroilov sahnaga chiqib, Shohruhxondan bo‘lajak farzandning jinsini e’lon qilishni iltimos qildi. Vaziyatni yanada qiziqarli qilish uchun u hazil aralash shart ham qo‘ydi: bo‘lajak otaning bo‘yniga iPhone 17 “garov” sifatida qo‘yildi.

Avvaliga qiziqchi otaning ismini, qayerda ishlashini so‘rab, agar farzand o‘g‘il bo‘lsa, iPhone 17 ni o‘ziga olib berishini so‘radi. Shohruhxon ham hazilni davom ettirib, “agar qiz bo‘lsa, unda iPhone 17 menga”, deya kulgili shart qo‘ydi.

Nihoyat, eng hayajonli daqiqa yetib keldi. Xonanda konvertni ochdi va undan ko‘k rangli qog‘oz chiqdi — bu esa o‘g‘il farzand kutilayotganidan darak edi. Bo‘lajak ota quvonchdan o‘zini tiya olmadi, zal esa gulduros qarsaklar bilan Zufarjonni samimiy tabriklab, unga baxt tilashdi.

Shukrullo Isroilov ham chiroyli tilaklar bildirib, “iPhone 17 ni unutib qo‘yma, ertaga yana qidirib yurmay seni”, deya hazilni davom ettirdi.

Tadbir yakunida Zufarjon ikki guldasta bilan yaqinlarini xursand qildi: birini turmush o‘rtog‘iga, ikkinchisini esa onasiga taqdim etdi. Bu lahza konsertning eng ta’sirli va esda qolarli voqealaridan biriga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar