10:53 / 12.04.2021
3 385

Bollivudning mashhur aktrisasi Anushka Sharma haqida 10 ta qiziqarli fakt (foto)

Bollivudning mashhur aktrisasi Anushka Sharma haqida 10 ta qiziqarli fakt (foto)
Foto: Pinterest
Shubhasiz, o‘tgan asrda ham hind kinematografiyasi o‘ziga xos ajoyib xususiyatga ega bo‘lgan. Bugungi kunda ham Bollivud yulduzlari orasida yosh avlod o‘z mahoratini namoyon etishda davom etmoqda. Ulardan biri allaqachon mashhurlik cho‘qqisiga chiqib ulgurgan yosh aktrisa Anushka Sharma. Aktrisa haqida bir-biridan qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: «Yandeks Dzen»
Anushka 1988 yil 1 mayda Hindistonning Ayodhya shahrida dunyoga kelgan. Aktrisa hozirda 32 yoshda.

Foto: «Yandeks Dzen»
Anushka Sharmaning burji – sigir.

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisa hind armiyasi zobiti Ajay Kumar Sharmaning oilasida dunyoga kelgan. Yulduzning onasi uy bekasi bo‘lgan. Shuningdek, uning prodyuserlik bilan shug‘ullanadigan akasi ham bor.

Foto: «Yandeks Dzen»
Anushka oila a’zolarining xohishiga ko‘ra harbiy maktabni yakunlagan. Undan so‘ng Bangalorda gumanitar yo‘nalishda ta’lim olgan. O‘qish jarayonida Anushka model sifatida pul ishlab topgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Uzoq vaqt mobaynida aktrisa kinolarga taklif qilinmagan. Uning debyuti «Tangri yaratgan juftlik» bo‘lib, filmda aktrisa Shohrux Xon bilan birgalikda ishlagan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu film uning hayotidagi asosiy imkoniyat bo‘lib, shundan so‘ng uning ijodiy faoliyati boshlangan.

Aktrisaning filmografiyasida 2008 yil «Tangri yaratgan juftlik», 2010 yil «To‘y marosimi», 2011 yil «Rikki Baxlaga qarshi xonim», 2012 yil «Toki hayot ekanman», 2014 yil «PiKey», 2016 yil «Yurak ishi», 2017 yil «Garri Sejal bilan uchrashganda», 2018 yil «Igna bilan ip» va boshqa bir necha filmlar mavjud.

Foto: «Yandeks Dzen»
2017 yilning qish faslida aktrisa bir necha yildan buyon uchrashib kelayotgan kriketchi Virat Koxli bilan turmush qurgan. Juftlikning nikoh to‘yi Italiyada, shuningdek, Hindistonda ham bo‘lib o‘tgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
2021 yil 11 yanvar kuni juftlikning Vamika ismli qizi dunyoga keldi.

Foto: «NTDV.com»
«Toki hayot ekanman» filmi uchun Anushka «Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa» nominatsiyasida Filmfare mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Foto: Kinopoisk
Aktrisa hozirda bir nechta taniqli brendlarning «elchisi» hisoblanadi. Shuningdek, yulduz xayriya tadbirlarida faol ishtirok etadi va hayvonlarni asrash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivudning mashhur aktrisasi Anushka Sharma haqida 10 ta qiziqarli fakt (foto)