17:43 / 27.04.2021
2 986

Kerem Bursin va Xande Erchel bir-biriga befarq emasligini tan oldi


«Eshigimni qoq» serialining bosh qahramonlari Xande Erchel va Kerem Bursin Maldiv orollariga dam olish uchun jo‘nab ketdi. Shundan keyin muxlislar aktyorlar buni inkor etishiga qaramay, darhaqiqat o‘rtalarida bir gap bor degan xulosaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Instagram’da ularning safari muhokamalarga sabab bo‘ldi, tomoshabinlar yulduzlar o‘z sahifasiga joylagan suratlarni kuzatib bordi.

Foto: Hurriyet
Xande va Kerem qaysi mehmonxonada dam olayotganlari nomini belgilab qo‘yganidan ko‘pchilik juftlik reklama hisobiga qimmatbaho mehmonxonada dam olyapti, degan fikrda to‘xtaldi. Muxlislar uchun hammasidan ham juftlikning bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini tan olgani kutilmagan holat bo‘lgan.

Foto: Hurriyet
Kerem Instagram’da aktrisaning suratini joylab, unga «Go‘zal manzarali go‘zal joyda go‘zal ayol bilan», deb yozib qoldirgan.

Foto: Hurriyet
Bunga javoban aktyorning suratini joylagan Xande unga «Sen ham», deb Keremning Instagram sahifasi nomining boshlanishini yozib qoldirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kerem Bursin va Xande Erchel bir-biriga befarq emasligini tan oldi