Duo qilib necha oy oldin,
Ramazonni intiq kutganlar.
Mohi Sharif muborak bo‘lsin,
Ramazonda ro‘za tutganlar.
Masjidlar sari bosib qadam,
Tarovihda bo‘lib jamul-jam,
Qur’on tinglab ko‘zlarida nam,
Ramazonda ro‘za tutganlar.
Savob ko‘zlab iftorlar qilar,
Har bir damni g‘animat bilar,
El-u yurtga yaxshilik tilar,
Ramazonda ro‘za tutganlar.
Ibodatda peshqadamdirlar,
Saxovatda peshqadamdirlar,
Kamolotda peshqadamdirlar,
Ramazonda ro‘za tutganlar.
Kunduz soim, tunlari qoim,
Robbisining zikrida doim,
Nasib etsin jannat un-na’iym,
Ramazonda ro‘za tutganlar.
Qadr tuni bo‘lishar bedor,
Yuzida tahajjud nuri bor,
Ming oylik savobdan umidvor,
Ramazonda ro‘za tutganlar.
Ikki dunyo baxtingiz kulsin,
Savob poygasida yutganlar,
Hayitingiz muborak bo‘lsin,
Ramazonda ro‘za tutganlar!
Dovud Abdulg‘afur “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi