4 819
Dildora Niyozova rossiyalik milliarder Alisher Usmonov uning muxlisi ekani haqida so‘zlab berdi (video)
Foto: «Daryo»
Xonanda Dildora Niyozova «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Dildora Niyozova suhbat davomida muxlislari orasida milliarder Alisher Usmonov ham bo‘lgani, Alisher Usmonov yaxshi ko‘rib tinglaydigan qo‘shig‘i haqida gapirib berdi.
"To‘g‘risi internet tarmoqlarini muntazam kuzatmaganim uchun u insonni tanimas edim. Viloyatma viloyat to‘ylarda yurganmiz-da. Keyin turmush o‘rtog‘im «bu insonni kimligini bilasanmi, bu inson dunyoning eng boy odamlaridan biri», dedilar.
Bir kuni ularning xizmatiga borganimizda «hamma jim bo‘lsin», deb, butun davra jim bo‘lgandan so‘ng ijodim haqida juda ham yaxshi fikrlarni, tilaklarni bildirdilar.
«Seni ko‘rishim kerak» deb nomlangan qo‘shig‘im bo‘lardi, Alisher Usmonov ushbu qo‘shig‘imni juda yaxshi ko‘rib tinglardilar. Bir tadbirlarida shu qo‘shig‘imni yigirma martalab aytganman, shu qadar ko‘p kuylaganimdan o‘zim ham charchab ketganman", - dedi Dildora Niyozova.
Ma’lumot uchun, Dildora Niyozova 1978 yil 14 sentabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Xalqlar do‘stligi saroyida olti marotaba yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. 300 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari, o‘n to‘rtta musiqiy albomi bor. Oilali, ikki farzandning onasi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?