O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutini tashkil etish haqidagi prezident qarori imzolandi.
Hujjatga ko‘ra:
- Institutda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
- 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi ta’lim yo‘nalishi (bastakorlik san’ati, san’atshunoslik, musiqashunoslik) va magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik (ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi, musiqa san’ati) ochiladi;
- Konservatoriyada hozirda tahsil olayotgan bakalavriatning 2–4 kurs va magistraturaning 2-kurs talabalari o‘qishini Institutda davom ettiriladi.
Institutning asosiy vazifalari belgilanmoqda, jumladan:
- yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
- milliy estrada yo‘nalishida zamonaviy ijro namunalarining «Oltin fondi»ni yaratish hamda ularni notaga ko‘chirish va amaliyotga keng joriy etish;
- milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari (324 ta), ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari (17 ta), maktab-internatlar (8 ta) hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga (2 ta) Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlari biriktiriladi hamda «Mahorat darslari» yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi