10:53 / 21.11.2021
4 872

«Titanik» filmi aktyorlari 24 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

«Titanik» filmi aktyorlari 24 yil ichida qanchalik o‘zgardi?
Rejissyor Jeyms Kameronning afsonaviy «Titanik» filmi 1997 yilda suratga olingan va 12 yil davomida insoniyat tarixidagi eng kassabop film bo‘lgan. Ushbu filmda suratga tushganidan keyin mashhurlikka erishgan aktyor va aktrisalarning ko‘rinishi 24 yil ichida qanchalik o‘zgargan? AdMe nashri ushbu savolga quyidagi fotolar orqali javob beradi.

Rouz Dyuitt Byukeyter — Keyt Uinslet

Foto: AdMe
«Titanik»dagi Rouz roli uchun «Oskar»ga nomzod bo‘lgan aktrisa, 2009 yilda «Kitobxon»(The Reader) filmidagi ijrosi sabab ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan. Unda Keyt Germaniya shaharlaridan birida tramvay konduktori bo‘lib ishlaydigan ayol rolini ijro qilgan. Uinslett yuvilmagan sochlar va makiyajsiz ko‘rinish berishdan qo‘rqmaydiganlardan. «Isttaunlik Meyr» (Mare of Easttown) serialida suratga tushish uchun aktrisaning maksimal darajada tabiiy ko‘ringani esa bunga isbot bo‘la oladi. 2022 yilda Keyt ishtirokidagi yana bir yangi film — «Avatar-2» ekran yuzini ko‘radi.

Billi Zeyn — Rouzning qaylig‘i Kaledon Xokli

Foto: AdMe
Ilk faoliyatini 1985 yil «Kelajakka qaytib» (Back to the future) filmida Match ismli yigitni gavdalantirishdan boshlagan aktyor, keyinroq «Snayper», «Megavil» va boshqa bir qancha filmlarda rol ijro qilgan. «Titanik» dan keyin esa uni, asosan, salbiy qahramon roliga taklif eta boshlashgan. Ayni vaqtda aktyor «Brando bilan vals» fimining ustida ishlamoqda. Unda bosh qahramon sifatida ko‘rinish beradi.

Rouzning onasi Rut — Frensis Fisher

Foto: AdMe
«Titanik»dagi muvaffaqiyatidan keyin aktrisa «Jozibadorlik qonunlari» (Laws of Attraction), «Holidate» singari filmlarda asosan ona obrazida ko‘rinish bergan. Bugungi kunda ijod qilishda davom etayotgan Frensis ishtirokidagi Netflix tomonidan ishlangan «Gunohkor» (The Sinner) filmining 4-mavsumi premerasi 2021 yilning oxirigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

«Titanik» kemasining kapitani — Bernard Xill

Foto: AdMe
Syujetga ko‘ra, Xillning qahramoni «Titanik» bilan birga suv ostida qolgan. Film aktyorga katta shuhrat keltirgan bo‘lishiga qaramay, bu uning yagona tashrif qog‘ozi emas. Bernard «Titanik»dan tashqari «Uzuklar hukmdori» (The lord of the rings) kino trilogiyasida ham rol ijro etgan. Aktyor so‘nggi marta «Oltin yillar» (Golden Years) filmida ishtirok etgan. U filmda banklarga o‘g‘rilikka tushadigan nafaqaxo‘r qahramonini gavdalantirgan.

Kema quruvchisi Tomas Endryus — Viktor Garber

Foto: AdMe
Olti karra «Emmi» va to‘rt marta «Toni» mukofotining laureati bo‘lgan Viktor Garber «Katta o‘yin» (Big Game), «Qotil» filmlarida suratga tushgan. 2020 yilda uning ishtirokidagi «Eng baxtli mavsum» (Happiest Season) filmi ekran yuzini ko‘rgan.

Kemadagi badavlat kimsa — Jonatan Xayd

Foto: AdMe
Jonatan «Titanik»dan keyin «Mumiyo», «Boyvachcha Richchi» (Richie Rich) singari filmlarda ikkinchi darajali qahramonlarni gavdalantirgan. «Jumanji»da birdaniga ikki qahramon: ota va ovchi obrazida ko‘rinish bergan. Ayni vaqtda aktyor teatrda faoliyat yuritadi.

Jon Jeykob Astor IV — ErikBraden

Foto: AdMe
Asl ismi Gans-Yorg Gudegast bo‘lgan aktyor, 18 yoshida Germaniyadan AQSHga ko‘chib kelgan. Faoliyatini serialda suratga tushishdan boshlagan Erik, sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. U yoshligida yengil atletika bo‘yicha Germaniyada chempion bo‘lgan, hatto.

Margaret Braun — Keti Beys

Foto: AdMe
«Oskar» laureati, ikki karra «Emmi», «Oltin Globus» va «Qalquvchan Molli» nomi bilan tanilgan aktrisa «Titanik»dagi Margaret Braun roli uchun «AQSH kino aktyorlarining Gildi mukofot»lari bilan taqdirlangan. Aktrisa «O‘zgarish yo‘li»(Revolutionary road), «Richard Juellning ishi» (Richard Jewell) filmlarida suratga tushgan. Tuxumdonlar va ko‘krak bezi saratonidan aziyat chekkan Keti, shifo topganidan buyon esa o‘zini eng baxtli kishilardan biri deb hisoblaydi.

Jek Douson — Leonardo Di Kaprio

Foto: AdMe
Kinodagi faoliyatini 1993 yilda boshlagan aktyor, «Gilbert Greypni nima qiynamoqda?»(What’s eating Gilbert Grape) filmida Jonni Depp bilan suratga tushgan, «Titanik»dagi ijrosi esa unga olamshumul mashhurlik olib kelgan. Karerasi davomida u bir-biridan esda qolarli filmlarda suratga tushgan. «Buyuk Getsbi», (The Great Gatsby) «Tutqich bermas firibgar» (Catch me if you can), «Murtadlar» (The Departed) va «La’natlanganlar oroli» (Shutter island) shular jumlasidan. 2016 yilda «Omon qolgan»(The Revenant) filmidagi roli uchun «Oskar»ni qo‘lga kiritgan aktyor, so‘nggi marta Kventin Tarantinoning «Bir kuni Gollivudda» (Once upon time in Hollywood) filmida suratga tushgan.

Jekning do‘sti Fabritsio De Rossi — Denni Nuchchi

Foto: AdMe
Kinodagi faoliyatini 14 yoshida epizodik rollarni ijro qilishdan boshlagan aktyor, «Titanik»dan keyin ham ikkinchi darajali qahramonlarni gavdalantirgan. «Qoya» (The Rock) filmi Maykl Beyning suratga tushgan filmlari orasida eng omadlisi hisoblanadi. So‘nggi marta u «911» serialida ishtirok etgan.

Rouzning nabirasi — Syuzi Emis

Foto: AdMe
Karerasini fotomodel sifatida boshlagan Syuzi, keyinchalik aktrisalikni afzal bilgan. 1993 yilda ekran yuzini ko‘rgan «Mitti Jo haqidagi ballada» (The ballad of little Jo) filmida jon saqlab qolish uchun o‘g‘il bolalardek kiyinib yurgan qiz rolini gavdalantirgani tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan. «Titanik»ning suratga olish davomida rejissyor Jeyms Kemeron bilan uchrasha boshlagan. 1999 yilda juftlik munosabatlariga chek qo‘ygan. Bugungi kunda uning 3 nafar farzandi bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Titanik» filmi aktyorlari 24 yil ichida qanchalik o‘zgardi?