23:05 / 24.11.2021
2 290

Avstraliyalik jurnalistdan ranjigan xonanda Adel million dollarlik intervyudan ketib qoldi

Avstraliyalik jurnalistdan ranjigan xonanda Adel million dollarlik intervyudan ketib qoldi
Foto: «Lisa»
Britaniyalik xonanda Adelning olti yillik tanaffusdan keyin taqdim qilgan «30» albomi muxlislar quvonchiga sabab bo‘ldi. Ushbu albomdan o‘rin olgan qo‘shiqlar u uchun alohida ahamiyatga ega — ular orqali Adel ajralishi bilan bog‘liq kechinmalarini yetkazishga, o‘g‘liga ota-onasi boshqa birga emasligini anglatishga uringan.

Weekend Sunrise ko‘rsatuvining boshlovchisi Mett Dornan Adel bilan suhbatlashish uchun ataylab Londonga uchib keldi. Jurnalisti Adeldan intervyu olishi uchun Avstraliyaning Channel 7 kanali rahbariyati million dollarga yaqin mablag‘ to‘lagan. Ammo suhbat hech qayerda e’lon qilinmagan.

Yarim soat davom etgan intervyu davomida qo‘shiqchi qarshisidagi jurnalist uning yangi albomini eshitmaganidan xabar topgan. Darg‘azab bo‘lgan xonanda studiyani tark etishga qaror qilgan. Oqibatda Channel 7 jurnalistni ikki haftaga ishdan chetlashtirgan. Adel bilan hamkorlik qiladigan Sony leybli esa kanalga intervyuni efirga uzatishni taqiqlagan, deb yozadi Daily Mail.

Ma’lumot uchun, Adel ajrashganidan keyin tanimaydigan darajada o‘zgargan. 45 kilo vazn tashlagan xonanda spirtli ichimliklardan voz kechib, yangi hayot boshlagan. Qanday qilib bu natijaga erishgani haqida u Opra Uinfriga bergan intervyusida so‘zlab bergan. Avvalroq Adelning intervyusini «Oskar»dan ko‘proq — 9,9 million odam tomosha qilgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Avstraliyalik jurnalistdan ranjigan xonanda Adel million dollarlik intervyudan ketib qoldi