7 282
Shohjahon Jo‘rayev ilk marta Gulnora Karimova tufayli «zapret»ga tushgani haqida so‘zlab berdi
Xonanda Shohjahon Jo‘rayev bir paytlar «Omonmisan, Gulnora?» deb nomlangan qo‘shiq kuylagani unga muammo tug‘dirgani, aynan shu qo‘shiq tufayli u taqiqqa uchragani haqida so‘zlab berdi.
«Bundan olti-yetti yil avval asakalik Xushnudbek Darvishev ismli shoir yigit bilan tanishib ijod qilganmiz. Bitta she’rning ustida rosa ishlaganmiz. Unga ‘O‘rtoq, shu qiz bolani ismi aytilgan joyini olib tashlaylik, boshimizga balo bo‘ladi bu’, dedim. U ‘Yo‘q, aka, qolsin’, dedi. Shu qo‘shiqni aytgandik, rostan ham o‘sha ism boshimizga balo bo‘ldi. Shu qo‘shiq tufayli biz ‘zapret’ga ham kirdik. ‘Nega sen ‘Omonmisan, Gulnora?’ deb qo‘shiq aytding?’, deyishdi. Yaxshiyam o‘sha davrlar o‘tib ketdi. Hozir Gulnora deysanmi, Gulyora deysanmi, hech kimning ishi yo‘q. Omon bo‘lsin Gulnora!», — deydi xonanda.
Shohjahon Jo‘rayev «zapret»i haqida to‘yda, muxlislari davrasida so‘zlab bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Munisa Rizayeva ham Gulnora Karimovaning topshirig‘i bilan «zapret»ga tushgani va bu holat unga qattiq ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘zlab bergandi.
«Gulnora Karimovaga men haqimda turli asossiz gap-so‘zlar yetkazishgan. Meni uning nomini sotishda ayblashgan. Masalan, meni yo‘lda YPX xodimlari to‘xtatganida, men ularga ‘Guli Karimovaning dugonasiman’, deb aytganmishman, go‘yo. Bu birinchisi. Bundan tashqari, o‘sha vaqtda unga yaqin bo‘lgan bir guruh ayol xonandalar Karimovaga men haqimda bo‘lmag‘ur gaplarni gapirgan. Ularning kimligini juda yaxshi bilaman, hozirgacha ular bilan yaxshi munosabatdaman. Biroq ular mening bu vaziyatdan xabardorligimni bilishmaydi.
Men hozirga kelib, ularning nega bunday qilganini tushunyapman. Bu gaplar M&TVA taqdirlash marosimidan bir kun avval bo‘lgan. O‘shanda menga «Yil qo‘shig‘i» va «Yil xonandasi» nominatsiyalarida mukofotni berishmoqchi bo‘lishgan. Shuning uchun ushbu ‘intriga’ atayin uyushtirilgan. Gulnora Karimova men haqimdagi gaplarga ishongan va ‘bo‘ldi, unga hech qanday mukofot bermaysizlar. Hamma yoqdan haydaysizlar’ deb ko‘rsatma bergan.
Shundan so‘ng meni Terra kompaniyasidan haydashgan. Mening kompaniya bilan besh yillik shartnomam bor edi o‘shanda. Men Sevara Nazarxon bilan ‘Golos’ loyihasida qatnashayotgan edim, Terra’ning direktori menga qo‘ng‘iroq qilib, Guli sening ‘Golos’da qatnashishingni istamayapti, tez Toshkentga qaytsang qayt, bo‘lmasa, ‘zapret’ga tushasan, dedi. Men ‘Golos’ning hamma saralash bosqichlaridan o‘tgan edim. Shunga qaramay, loyihadagi ishtirokimdan voz kechib, Toshkentga qaytib keldim, lekin baribir ‘zapret’ga tushdim.
Yetti oy mendan hamma yuz o‘girdi. Hamma o‘zidan qo‘rqib men bilan gaplashishga qo‘rqardi. O‘zimni xuddi o‘lgandek his etardim. Hatto, yurak xuruji bilan kasalxonaga ham tushib qolganman, ota-onam meni yo‘qotishiga bir bahya qolgan. O‘zimni osib o‘ldirishga ham uringanman», — degan edi Munisa Rizayeva. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi