«Oskar-2022»: Uill Smit rafiqasi haqidagi hazili uchun boshlovchiga tarsaki tushirdi (video)

1 daqiqa o'qish1.7K
«Oskar-2022»: Uill Smit rafiqasi haqidagi hazili uchun boshlovchiga tarsaki tushirdi (video)
Foto: Grazia
Amerikaning Los-Anjeles shtatida navbatdagi «Oskar-2022» taqdrilash marosimi bo‘lib o‘tdi va haykachalar o‘z egalariga munosib ravishda topshirildi. Shuningdek, ushbu dunyo miqyosidagi marosim bir qancha yodda qolarli voqealarga boy bo‘ldi.

Tadbir davomida mashhur qiziqchi Kris Rok «Eng yaxshi hujjatli film» kategoriyasi bo‘yicha nominatsiya egalarini e’lon qildi. Oradagi qisqa tanaffusda u aktyor Uillning rafiqasi Jadaning soch turmagi haqida hazil qilishdan o‘zini tiya olmadi. Aytgancha, Jada intervyularining birida alopetsiya tufayli sochlari to‘kilayotganini aytib o‘tgandi. Shuning uchun ham 2021 yilning dekabr oyi oxirida sochini oldirib, muxlislariga yangi obrazida namoyon bo‘lgan. Uning alopetsiya — bosh, yuz va tananing boshqa qismlarida sochlarning to‘liq yo‘qolishi bilan tavsiflangan autoimmun kasallikdan aziyat chekayotgani aniqlangan.

Mehmonlar Kris Rokning hazilini kulgili deb bilgan bo‘lishi mumkin, ammo Uill Smit bunday fikrda emasdi. U o‘sha zahoti sahnaga chiqdi va qiziqchining adabini berdi. Kutilmagan vaziyatdan Kris gandiraklab qoldi. Aktyorning o‘zi ham bu voqeadan hayajonlangani ko‘rinib turibdiki, u tomosha zalidan o‘z joyini egallagach, «Iflos og‘zing bilan rafiqamning ismini tilingga olma», deb baqirdi.

Qizig‘i shundaki, bu lahzalar AQSHning aksariyat qismi uchun translyatsiyada ko‘rsatilmagan, ammo xalqaro tomoshabinlar uchun jonli efirda uzatildi. Tabiiyki, Internet foydalanuvchilari bu voqea sahnalashtirilganmi yoki improvizatsiya ekanini, allaqachon muhokama qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur marosimda Uill Smit «Qirol Richard» filmidagi eng yaxshi erkak roli uchun «Oskar»ni qo‘lga kiritdi. Bu aktyorning karyerasidagi birinchi haykalchasi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?