20 iyun kuni Toshkent shahri va ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

2 daqiqa o'qish1.2K
20 iyun kuni Toshkent shahri va ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
«Oʻzgidromet» 20 iyun, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 24-26 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?