O‘zbekistonda ertaga yomg‘ir yog‘adi: qaysi hududlarda kutilmoqda?

O‘zgidromet 12 oktyabr, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatning bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li joylarda esa kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahri va viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi 13–15 daraja, kunduzi 19–21 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 21–26 daraja atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 18–23 darajani tashkil etadi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham ba’zi hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilingan. Kechasi harorat 10–15 daraja, kunduzi esa 18–23 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 23–28 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kutilmoqda. Kechasi havo 12–17 daraja, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 7–12 daraja bo‘ladi.
Respublika bo‘ylab shamol asosan sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Toshkent shahrida esa g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda shamol bo‘lishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…