"Sentob"ning 2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'iga aylanishi Prezidentimizning sohaga bo‘lgan yuksak e'tibori samarasidir — Aziz Abduhakimov

1 daqiqa o'qish366
"Sentob"ning 2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'iga aylanishi Prezidentimizning sohaga bo‘lgan yuksak e'tibori samarasidir — Aziz Abduhakimov

Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida "Best Tourism Villages 2023 Awards" (2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'i) nominatsiyasi bo'yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy viloyatining "Sentob" qishlog'i g'olib bo'ldi.

“Oʻzbekiston Prezidentining turizm sektori va, eng avvalo, aholi turmush farovonligiga boʻlgan eʼtibori va tashabbuslari natijasida bugun yurtimiz qishloqlarini butun dunyo tan olmoqda. Navoiy viloyatidagi “Sentob” qishlogʻining "Eng yaxshi turizm qishlog‘i" nominatsiyasidagi gʻolibligi, shubhasiz, mana shu islohotlar samarasidir!”, — dedi UNWTO Bosh Assambleyasini Samarqand shahrida oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston hukumati Tashkiliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Aziz Abduhakimov.

"Eng yaxshi turizm qishloqlari” nominatsiyasi qishloqlardagi hayotni yanada yaxshilash borasidagi ishlarimizning debochasi, xolos, — dedi marosimda nutq so'zlagan UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili. — Biz turizmni qishloq hayoti taraqqiyoting drayveriga aylantirishni maqsad qilganmiz".

UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili esa turizm qishloqlarining ahamiyatini alohida ta'kidladi. 

"Eng yaxshi turizm qishloqlari” nominatsiyasi qishloqlardagi hayotni yanada yaxshilash borasidagi ishlarimizning debochasi, xolos, — dedi Z. Pololikashvili. — Biz turizmni qishloq hayoti taraqqiyotining drayveriga aylantirishni maqsad qilganmiz". 

Ma'lumot uchun, "Sentob"ga 2023-yilning 17-mart kuni rasman turizm qishlog'i maqomi berilgan. Qishloqda muntazam ravishda Angliya, Fransiya, Avstriya, Germaniya, Italiya, Rossiya va boshqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilmoqda.

Ta'kidlash joizki, eng yaxshi turizm qishlog'i bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatiga O‘zbekistonning jami 5 ta manzili — Samarqand viloyatidagi "Konigil", Navoiy viloyatidagi "Sentob", Surxondaryo viloyatidagi "Sangardak", Jizzax viloyatidagi "Uxum" va Farg'ona viloyatidagi "Avval" turizm qishloqlari kiritilgandi.

"Best Tourism Villages 2023 Awards" nominatsiyasi UNWTO tomonidan 2021-yilda ta'sis etilgan. Asosiy maqsad nafaqat rivojlangan hududlarga, balki o‘z qadriyatlarini saqlagan va an’analarini targ‘ib qilayotgan qishloqlarga ham sayyohlar e’tiborini jalb qilishdir. Marosim bu yil uchinchi bor o‘tkazildi.

"Sentob"ning 2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'iga aylanishi Prezidentimizning sohaga bo‘lgan yuksak e'tibori samarasidir — Aziz Abduhakimov

 "Sentob"ning 2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'iga aylanishi Prezidentimizning sohaga bo‘lgan yuksak e'tibori samarasidir — Aziz Abduhakimov

 "Sentob"ning 2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'iga aylanishi Prezidentimizning sohaga bo‘lgan yuksak e'tibori samarasidir — Aziz Abduhakimov

"Sentob"ning 2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'iga aylanishi Prezidentimizning sohaga bo‘lgan yuksak e'tibori samarasidir — Aziz Abduhakimov

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?