«Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat ko‘rsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
2025/2026 o‘quv yilidan:
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va atrof-muhit muhandisligi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash salmog‘i oshiriladi;
- talabalarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
- Ta’lim xizmatlari markazi tashkil etib, talabalarga o‘qish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar bo‘yicha barcha zarur xizmatlarning «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi;
- iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.
Yuqoridagi muassasalarda ta’lim olayotgan barcha talaba o‘qishini yangi universitetda davom ettiradi va 2024/2025 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Suriya prezidenti qarorgohi talon-toroj qilindi (video)
"Metallurg" 2025 yil Superligada o‘ynaydi
Germaniyada suriyaliklar Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganini ommaviy ravishda nishonladi
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi