Oʻzbekiston Rossiyadan 25 ming tonna baliq ovlash kvotasini oldi

1 daqiqa o'qish2.3K
Oʻzbekiston Rossiyadan 25 ming tonna baliq ovlash kvotasini oldi
Oʻzbekiston va Rossiya joriy yil uchun baliq ovlash kvotalarini kelishib oldi. Bu haqda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston baliqchilik kompaniyalariga Rossiya iqtisodiy hududidagi Chukotka, Beringov, Oxotsk, Yaponiya dengizlari hamda Tinch okeanida 5 ming tonna seld va 20 ming tonna minta ovlashga ruxsat berildi. Bu Oʻzbekiston bozoriga yangi va sifatli baliq mahsulotlarini yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi.

Kelishuv Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Qahramon Yoʻldoshev va Rossiya Federal baliqchilik agentligi rahbari oʻrinbosari Andrey Yakovlev tomonidan imzolandi. Muzokaralarda baliqchilik sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida baliqchilik sohasidagi hamkorlik boʻyicha birinchi qoʻshma komissiya sessiyasining yakuniy bayonnomasi imzolandi. Hujjatda kelgusi yillardagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?