Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida sarmoyaviy hamkorlik boʻyicha 15 ta hujjat imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma'lum qildi.
13 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy tashrifi arafasida Abu Dabi shahrida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda mamlakatlar delegatsiyalariga Oʻzbekiston tomonidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda BAA tomonidan usbu davlatning energetika va infratuzilma vaziri Suhail Mohamed al Mazrui boshchilik qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yildan buyon BAA va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi yiliga oʻrtacha 20 foizdan koʻproqqa oshib bormoqda va 2024 yil yakuniga koʻra bu koʻrsatkich 650 million dollarga etdi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda BAA kapitali ishtirokidagi 337 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda, shundan 114 tasi qoʻshma korxona va 223 tasi 100 foiz xorijiy korxonalardir. 2023 yilda Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishga 1,08 milliard dollar, 2024 yilda esa 1,5 milliard dollardan ortiq BAA investitsiyalari oʻzlashtirildi.
Birgalikda tatbiq etilayotgan loyihalar an'anaviy va muqobil energiya, infratuzilma, kimyo sanoati, geologiya, IT, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalarini qamrab oladi.
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
“Oʻzbekiston—BAA” investitsiya kompaniyasi tashkil etilgan boʻlib, uning investitsiya portfeli bugunga kelib tibbiyot, geologiya, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida umumiy qiymati 192,5 million dollar boʻlgan 7 ta loyihani tashkil etmoqda. 140 million dollarlik 9 ta loyiha ishlab chiqilmoqda. Biroq erishilgan natijalar ikki davlatning iqtisodiy salohiyatini umuman aks ettirmaydi, shu bois hamkorlik hajmini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha kompleks choralar koʻrilmoqda.
Uchrashuvda sarmoyaviy hamkorlik boʻyicha yana 15 ta kelishuv imzolandi. Bular AMEA Power, Masdar, Solar Power Shine, M42, Burjeel” Holdings, IFFCO Group,“TWS, Alserkal Group, Metito, AD Ports, Jetex, Emirates Group va boshqa kompaniyalar bilan energetika, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, infratuzilmani rivojlantirish, suv ta'minoti, transport, logistika sohalaridagi investitsiya bitimlari va shartnomalardir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Oʻzgidromet” 15 yanvarga ob-havo prognozini e'lon qildi
“Beshagach” bozorining oʻrnida biznes markaz qurilishi rejalashtirilmoqda
Samarqandda metro qurilishi boshlanishi mumkin
Toshkentda yirik ma'lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi
Ovchilik guvohnomasini endi onlayn olish mumkin boʻldi
Toshkentda yangi tramvay yoʻnalishi qurilishi rejalashtirilmoqda