Samarqandda 50 ming dollarlik xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi
1 daqiqa o'qish673

Samarqand shahrida umumiy sovrin jamg‘armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qilgan “Women’s Chess Championship 2025” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “UzChess” loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.
Turnir 2025-yil 8-19 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u dunyo bo‘ylab taniqli ayol shaxmatchilarni bir joyga jamlaydi. “Women’s Chess Championship” nafaqat shaxmat ixlosmandlari, balki global sport, bilim va gender tengligini targ‘ib qiluvchi muhim tadbir sifatida o‘rin tutadi, deyiladi rasmiy xabarda.
Musobaqa FIDE qoidalariga muvofiq ikkita guruhda o‘tkaziladi. “A” guruhida 1800 va undan yuqori reyting ochkosiga ega shaxmatchilar, “B” guruhida esa 1800 reytingdan kam ochkoga ega ishtirokchilar qatnashadi.

- #Samarqand Shahrida
- #Shaxmat Turniri
- #Ayol Shaxmatchilar
- #Global Sport
- #Tenglik Targ‘iboti
- #FIDE Qoidalari
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…