Shaxmatchilarimiz millioner bo‘lishdimi? Javohir Sindarov: "Albatta,uy,mashina va 200 ming dollar"

Shaxmatchilarimiz millioner bo‘lishdimi? Javohir Sindarov: "Albatta,uy,mashina va 200 ming dollar"

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov Samarqanddagi shaxmat Olimpiadasidan so‘ng berilgan intervyuda o‘ziga topshirilgan avtomobil haqida gapirdi. Shaxmatchi bu uning Prezident tomonidan berilgan uchinchi avtomobili ekanini aytdi.

Intervyu davomida Javohir Sindorov yangi avtomobilni olgani haqida fikr bildirdi.

"Juda xursandman, Prezidentimizga rahmat. Men uchinchi mashinamni oldim. Bunisi haqiqatan zo‘r ekan", — dedi shaxmatchi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqandda o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritgan. Olimpiada chempionlari, jumladan, Javohir Sindorovga uy-joy va avtomobil bilan birga 200 ming dollar miqdorida pul mukofoti ham belgilangan. Javohir Sindorovga berilgan savollardan biri shaxmatchilar katta miqdordagi mukofotlarga ega bo‘lgani haqida bo‘ldi.

Uning aytishicha, g‘oliblarga uy, avtomobil va 200 ming dollarlik pul mukofoti berilgan.

Shaxmatchi kelgusidagi asosiy maqsadi haqida ham gapirdi:

"Keyingi maqsadimiz — Jahon toji uchun kurashib, yurtimizga Jahon tojini olib kelish".

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar