Yelisey saroyida O‘zbekiston prezidenti sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o'qish563
Yelisey saroyida O‘zbekiston prezidenti sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga davlat qabul marosimini uyushtirdi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qabulda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari, Fransiya bosh vaziri Fransua Bayru boshchiligida Vazirlar Mahkamasi a’zolari, taniqli madaniyat, san’at va fan arboblari, ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijit Makronga qabul uchun minnatdorlik bildirib, bugun bo‘lib o‘tgan muzokaralar tarixiy ahamiyatga ega ekanini, ularning natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini qayd etdi.

Fransiya yetakchisi o‘tkazilgan muzokaralar natijalarini va imzolangan bitimlarni olqishladi.

“Bir necha yil ichida biz energetika, suv resurslarini boshqarish, kommunal xizmatlar, transport, barqaror turizm kabi muhim sohalarda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdik. Buning dalili sifatida Fransiya hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi ko‘magida fransuz kompaniyalari O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgani, hududlarda qo‘shilgan qiymat va ish o‘rinlari yaratilayotgani, yoshlar kasb o‘rganib, hayotda o‘z o‘rnini topayotganini keltirishim mumkin”, dedi Emmanuel Makron.

Emmanuel Makron qabul marosimidagi nutqini o‘zbek tilida yakunladi. “Yashasin O‘zbekiston, yashasin Fransiya, yashasin Fransiya—O‘zbekiston do‘stligi”, dedi u.

Tomonlar xalqlar farovonligi yo‘lida O‘zbekiston—Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishlarini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti sharafiga qabul marosimidan lavhalar:
Yelisey saroyida O‘zbekiston prezidenti sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?