
“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 22 mart, shanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” shanba va yakshanba kunlari respublikaning g‘arbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi, havo harorati asta-sekin pasayishini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, 23—27 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irli ob-havo sabab, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, sel xavfi borligini e’lon qilingandi.
Toshkent ShahriOb HavoYomg‘ir KutilmaydiHarorat 25 27G‘arbiy HududlarTog‘li Hududlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar