Kunduzgidan sirtqiga o‘tish mumkinmi?

1 daqiqa o'qish1.7K
Kunduzgidan sirtqiga o‘tish mumkinmi?
Talabalar o‘qishni kunduzgi ta’lim shaklidan sirtqiga ko‘chirishi mumkin, deb Talimxabarlari.uz xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida rad javobiga asos bo‘ladigan holatlar belgilab o‘tilgan.

22-bandga ko‘ra, davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalar boshqa OTMlarga faqat o‘xshash va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha, hamda davlat granti kvotalari doirasida ko‘chirilishi mumkin.

Aks holda (ya’ni, grant kvotasi yo‘q bo‘lsa), o‘qishni to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirish mumkin bo‘ladi.

Nizomning 15-bandiga binoan, o‘qishni ko‘chirish arizalari har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Ko‘chirishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni topshiradi:

ariza (ta’lim yo‘nalishi, shakli, sababi, tanishganligi ko‘rsatilgan);
reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
pasport nusxasi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?