O‘zbekistonda soliq keshbeki 2 baravar oshirilishi mumkin

1 daqiqa o'qish568
O‘zbekistonda soliq keshbeki 2 baravar oshirilishi mumkin
O‘zbekistonda iste’molchilar uchun ajratiladigan soliq keshbeki miqdori oshirilishi mumkin, deb nova24.uz xabar berdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, biznesni legallashtirish sharti bilan keshbek ikki baravargacha oshirilishi mumkin. Hozirda bu miqdor 1% bo‘lsa, kelgusida uni 2% gacha oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Soliq qo‘mitasi asosiy maqsad sifatida naqd pulsiz to‘lovlarni rag‘batlantirishni belgilagan. Ayni vaqtda budjetga tushayotgan soliqlarning uchdan biri elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilmoqda. Bu ko‘rsatkich 60–70% gacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

Mirzayevning ta’kidlashicha, to‘lovlar elektron shaklda amalga oshirilsa, soliq to‘lashdan qochish holatlari kamayadi va soliq organlari tomonidan qo‘shimcha hujjat talab qilinmaydi.

2024-yil 1-oktabrdan boshlab umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turistik xizmat ko‘rsatish sohalarida NDS qaytarish tartibi joriy qilingan. Qaytarish miqdori naqd pulsiz to‘lovlar ulushiga qarab 20% dan 40% gacha yetadi.

Mirzayevga ko‘ra, agar bu choralar ijobiy natija bersa, keshbek boshqa sohalarga ham tatbiq etilib, miqdor 2% gacha oshirilishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?