date
views 1 438

O‘zbekiston va Rossiya migratsiya masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Rossiya migratsiya masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston Prezidentining mehnat migratsiyasini tartibga solish to‘g‘risidagi qarori doirasida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Migratsiya agentligi va Rossiya elchixonasi xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining Toshkent shahridagi filiallarida migratsiya jarayonlarini soddalashtirish, tibbiy ko‘riklar hamda rus tili imtihonlarini O‘zbekiston hududiga ko‘chirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining va Moskvadagi «Saxarova» ko‘p tarmoqli migratsiya markazining Toshkent shahridagi vakolatxonalari faoliyatini qayta tiklash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini o‘rganish uchun tayyorgarlik kurslarini tashkil qilish, O‘zbekistonda tibbiy ko‘rik va test sinovlarini o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot klinikasini ochish loyihalarini ham muhokama qilishdi.

Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasi Toshkentdagi vakolatxonasini qayta ishga tushirish bo‘yicha so‘rovini ijobiy hal qilishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Ishchi guruhning keyingi yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari hamda «Saxarova» ko‘p tarmoqli migratsiya markazining Toshkentdagi vakillari ishtirok etishi kelishib olindi.

Shuningdek, muhokama qilingan barcha masalalarning 27-30 aprel kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Rossiya idoralararo ishchi guruhi yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishi taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Rossiya migratsiya masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
-->