1-iyuldan dorilarni sotish tartibi o'zgaradi

1 daqiqa o'qish6.2K
1-iyuldan dorilarni sotish tartibi o'zgaradi
O'zbekistonda 1 iyuldan boshlab import dori vositalarini faqatgina rasmiy importyorlar va ularning rasmiy dilerlari sotishi mumkin bo'ladi, deb NOVA24 xabar berdi. Mazkur tartib Prezidentning 23 maydagi qaroridan kelib chiqadi.

Shuningdek, 1 sentyabrdan boshlab farmatsevtika kompaniyalari va aptekalarga litsenziya berishda qo'shimcha talablar joriy etiladi:

• Farmatsevtika faoliyati olib boriladigan binolarga oid ijara yoki bepul foydalanish shartnomalari soliq organlarida ro'yxatdan o'tkazilishi shart.

• Dori vositalarini sotishda plastik karta va boshqa elektron to'lov vositalari orqali to'lovni qabul qilish imkoniyati bo'lishi lozim.

Agar soliq tekshiruvlari davomida kompaniyaning kontrafakt dori vositalarini (kelib tushish hujjatlarisiz) yoki raqamli markirovkasiz dori vositalarini xarid qilishi, tashishi, saqlashi yoki sotishi aniqlansa, litsenziya vaqtincha to'xtatilishi mumkin.

1 iyuldan boshlab O'zbekistonga olib kirilgan dori vositalarini chakana va ulgurji sotuvchilarga faqatgina import qiluvchi tashkilot yoki uning rasmiy dilerlari orqali va elektron hisob-faktura asosida realizatsiya qilishga ruxsat beriladi. Shu bilan, mustaqil vositachilar va vakolatsiz tashkilotlar bunday dori vositalarini qonuniy ravishda sota olmaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?