
O'zbekistonda bolalarni sog'lomlashtirish lagerlariga yo'llanmalarni onlayn tarzda rasmiylashtirish imkoni yaratildi, deb NOVA24 xabar berdi. Endi ota-onalar my.gov.uz portali orqali quyidagi qadamlarni bajarib, yo'llanma olishlari mumkin:
• Portalga kirib, "Bolalar lagerlariga yo'llanma olish uchun ariza topshirish" xizmatini tanlash.
• Yo'llanma rasmiylashtirilayotgan bola haqidagi ma'lumotlarni kiritish.
• Lager va qulay mavsumni tanlash.
• Yo'llanma uchun to'lovni amalga oshirish.
To'lov amalga oshirilgandan so'ng, yo'llanma avtomatik ravishda shakllantiriladi. Band qilingan yo'llanma uchun to'lov 30 daqiqa ichida amalga oshirilmasa, bron bekor qilinadi va yo'llanma qayta sotuvga chiqariladi.
Yo'llanmalar 7 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. O'zbekiston fuqarolarining bolalari uchun yo'llanma narxining 50%i Bolalarni sog'lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan qoplanadi. Portaldagi narxlar ushbu kompensatsiyani hisobga olgan holda shakllantirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar